
Balotelli faoliyatida 13-bor maydondan chetlatildi
"Breshiya" hujumchisi Mario Balotelli Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan "Kalyari" (2:2) ga qarshi bahsda maydondan chetlatildi.
29 yoshli futbolchi uchrashuvning 81-daqiqasida raqibga ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi va shundan so‘ng, hakamga e’tiroz bildirib, ikkinchi igihlatirishni olib, maydondan chetlatildi.
Bu Balotellining faoliyatidagi 13-qizil kartochka bo‘ldi.
Forvard top-5 ligalarda ketma-ket 4 mavsumdan buyon qizil kartochka bilan jazolangan ikki futbolchidan biri bo‘ldi. "Monako" futbolchisi Jemerson ham ushbu ko‘rsatkichni qayd etib kelmoqda.
Fikrlar