Balotelli Frantsiya chempionatida Mbappe va Dembeledan yaxshiroq deb topildi

  • 16.04.2019 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Marsel" klubi forvardi Mario Balotelli Frantsiya chempionatining o‘tgan mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan oy chempionatning 4ta bahsida ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi. Ushbu nomga shuningdek Kilian Mbappe (PSJ) va Mussa Dembelelar ("Lion") ham da’vogarlik qilishayotgan edi.

E’tiborlisi, Balotelli garchi 2016 yildan buyon Frantsiyada to‘p surayotgan bo‘lsada, ushbu mukofotga birinchi marta sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!