Balotelli nega maydondan chiqib ketdi?

  • 03.11.2019 23:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Breshiya" klubi forvardi Mario Balotelli A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan "Verona"ga (1:2) qarshi o‘yinda irqchilik haqoratlari yangragani sabab maydonni tark etdi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli italiyalik futbolchi o‘zining bu kamsitishlarga javoban to‘pni tribuna tomon zarb bilan tepib yuborgan. Biroq, jamoadoshlarining iltimoslariga ko‘ra Balotelli bir necha daqiqa o‘tib yana o‘yinga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Breshiya” safiga o‘tgan yoz “Marsel”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!