
Balotelli: PSJ kuchli jamoa emas, faqat ular safida kuchli futbolchilar bor
"Marsel" klubi forvardi Mario Balotelli UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan PSJ va "Manchester Yunayted" (1:3) uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mening nazarimda MYu haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Parijliklarga qarshi hech qanday g‘arazligim yo‘q, lekin, ochig‘i keyingi bosqichga ingliz klubining chiqishini xohlagandim. PSJ u qadar kuchli jamoa emas, faqat ular safida kuchli futbolchilar bor”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni MYu Parijda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar