
Balotelli PSJga qarshi o‘yinda Reshfordning libosini kiyib chiqdi, ammo..
Get French Football News tarqatgan xabarga ko‘ra, italiyalik forvard futbolkasining ichidan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford nomi ko‘rsatilgan libosda mayonga tushdi va gol kiritgan taqdirda, futbolkasini echib, mazkur libosni ko‘z-ko‘z qilmoqchi edi.
Ammo uning bu rejasi amalga oshmadi. "Marsel" darvozaboni Stiv Mandanda qizil kartochka olgach, murabbiy Balotellining o‘rniga darvozabon Yoan Pelleni maydonga tushirishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Reshford EChL 1/8 final bosqichi doirasida Parijda PSJga qarshi kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, PSJni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Fikrlar