
Balotelli yana A Seriyaga qaytishi mumkin
Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi hujumchisi Mario Balotelli yana Italiya chempionatiga qaytish istagi borligini yashirmadi.
Italiyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unda hatto A Seriyadan ham taklif bor.
"Men qaytib kelib, Italiyada o‘ynashni juda xohlardim. “Montsa”? Ular bilan bugun kechqurun gaplashdik, bu borada o‘ylab ko‘ramiz", - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Nikolo Shira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
31 yoshli Balotelli 2021/2022 yilgi mavsumda Turkiya chempionatining 31 ta uchrashuvida qatnashib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar