
"Barbastro" futbolchisi "Barselona"ga qarshi o‘yindan so‘ng rafiqali bo‘ldi (Video)
"Barbastro" futbolchisi Israel Garsiya "Barselona"ga qarshi Ispaniya kubogi bahsidan so‘ng o‘z sevgilisini qo‘lini so‘rashga qaror qildi. Ta’kidlash kerak, mazkur bellashuvda "Barbastro" La Liga grandiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi (Levandovski dubl, Erik Garsiya va Pablo Torre bittadan gol).
O‘z navbatida, futbolchining sevgilisi uning taklifiga rozilik bildirdi.
Ma’lumot uchun, barbastroliklar Ispaniya 4-divizioni vakili sanaladi. Ayni vaqtda ular o‘z divizionida 53 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar