
Barella yirik hisobdagi mag‘lubiyat sababini aytdi
Milaning "Inter" klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella PSJga qarshi Chempionlar Ligasi finalida 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Parijliklar tarixda birinchi marta musobaqa g‘olibiga aylandilar — gollarni Ashraf Hakimi, dubl muallifi Dezire Due, Xvicha Kvaratsxeliya va Senni Meyulu kiritishdi.
— "Biz juda xafa bo‘ldik. Bu mag‘lubiyat ilgari erishgan barcha yutuqlarimizni deyarli inkor qiladi, ammo men jamoam va shu kungacha bosib o‘tilgan yo‘l bilan faxrlanaman. PSJ barcha jihatdan bizdan ustun bo‘ldi, tabriklayman. Raqibda energiya ko‘proq edi — buni inkor qilib bo‘lmaydi, lekin bu bahona emas. Eng achinarlisi — ular bizdan ko‘ra ko‘proq g‘alabani xohlashdi. Bizda ruhiy tayyorgarlik etishmadi. Eng muhim o‘yinda," — dedi Barella Sky Sports'ga bergan intervyusida.
"Inter" joriy mavsumda birorta ham sovringa ega chiqa olmadi. Bosh murabbiy Simone Indzagi yaqinda klubni tark etishi mumkin — uni "Al-Hilol"da kutishmoqda.
Fikrlar