Baribir olishadi! "Chelsi" kerakmas hujumchiga katta narx belgiladi

  • 31.07.2026 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. The i Paper nashri xabariga ko‘ra, yosh forvardga uchta jiddiy da’vogar paydo bo‘lgan: «Nottingem Forest», «Everton» va «Lids». 

Manbalarning ta’kidlashicha, yaqin vaqtlarda angliyalik futbolchi uchun kurashga boshqa klublar ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Nottingem Forest» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Kris Vudga raqobat qila oladigan yangi futbolchi izlamoqda. 

Shuningdek, 23 yoshli Delapni «o‘rmonchilar»ning yangi bosh murabbiyi Oliver Glasner ham o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.

«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes ham Delap o‘yinini yuqori baholaydi. «Lids» esa hujum chizig‘idagi raqobatni oshirish niyatida. 

Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» hujumchini sotishga tayyor va uning transfer narxini taxminan 41–47 million yevro atrofida belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!