Barkola PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
PSJning yoshi hujumchisi Bredli Barkola klub taklif etgan yangi shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Frantsiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchi joriy yozda jamoani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Fabrizio Romano ma’lumoticha, 23 yoshli vinger uchun asosiy da’vogarlik sifatida «Liverpul» ko‘rsatilmoqda. U bu haqida ijtimoiy tarmoq X dagi sahifasida xabar bergan.
Barkola 2023 yil yozidan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda jami 49 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozirgi amaldagi shartnomasiga ko‘ra, futbolchi klub bilan 2028 yil yozigacha bog‘langan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Barkolaning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar