“Barsa” katta transferga qo‘l uradi. Nishon Italiyadagi yulduz

  • 3 yanvar, 2022, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yuqori saviyali o‘yinchilarni xarid qilmay turib, katta maqsadlar sari kurashib bo‘lmasligini tushinib etgan ko‘rinadi.

Tecno

Kataloniyaliklar qator grandlar nishonida turgan A Seriya to‘purari Dushan Vlaxovichni olib kelishga qaror qildi. “Fiorentina” hujumchisining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Serbiyalik futbolchi bu kelishuvni uzaytirishni istamadi va yozda kuchli klublardan biriga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.

“Barselona” narxi 80 million evroga baholanayotgan to‘purarni yanvarda xarid qilmoqchi bo‘lyapti. Kataloniyaliklar yozga borib uning summasi ko‘tarilib ketishini bilib turibdi.

Vlaxovich joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 16 marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!