
“Barsa” 74 yil turgan rekordni urdi
“Barselona” Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi to‘rtinchi turida Serbiyada “Tsrvena Zvezda” ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozonib qaytdi.
Bu natija Xans-Diter Flik jamoasiga yangi rekordni taqdim qildi. Bu haqda Opta Sport statistik portali ekspertlari xabar berdi.
Kataloniyaliklar germaniyalik bosh murabbiy qo‘l ostida dastlabki 16 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini jami 55 marotaba ishg‘ol qildi. Ilgari hech qaysi murabbiy debyut o‘yinlarida bunday samaradorlik qayd etmagan.
Avvalgi rekord 1950-1951 yillardagi mavsumda qayd etilgan ekan. O‘shanda slovakiyalik mutaxassis Ferdinand Dauchik boshqaruvida “Barselona” dastlabki 16 ta uchrashuvda 54 ta gol urgan. Bu rekord 74 yil deganda yangilandi.
Fikrlar