“Barsa”: Bizga “Bavariya” yulduzlari kerak emas!

  • 23 oktabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Bavariya” yulduzlaridan Yozua Kimmix va Leroy Saneni transfer qilish fikridan qaytdi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hozirgi tarkibdan ko‘ngli to‘q va nemis futbolchilariga ular o‘ynaydigan pozitsiyalarda joy yo‘qligini ta’kidlagan.

Bu ikki futbolchi o‘rniga Flik myunxenliklar bilan shartnomasi yakunlanayotgan kanadalik himoyachi Alfonso Devisni olib kelishni tavsiya qilgan.

Ta’kidlash joizki, har uchala futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

“Bavariya” tarkibini qayta shakllantirishga harakat qilayotgan bosh murabbiyi Vensan Kompani yozda bu o‘yinchilar bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!