“Barsa”: Bu o‘yinchiga katta maosh to‘laymiz!
“Barselona” rahbariyati “Milan” yarim himoyachisi Frank Kesseni katta maosh bilan o‘ziga og‘dirib olmoqchi.
Jismonan baquvvat futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi va uning xaridorlari navbat kutib turibdi.
Agar 25 yoshli yarim himoyachi Kataloniya klubini tanlaydigan bo‘lsa, unga yiliga 6,5 million evro maosh to‘lanadi.
Kesse 2017 yildan beri milanliklar tarkibida to‘p tepib kelmoqda. U muhitni o‘zgartirish uchun klub bilan kelishuvni yangilamadi. U joriy mavsumda A seriyada 20 marotaba maydonga tushib, beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar