
"Barsa" bu pulga faqat bir futbolchini olib kelishi mumkin
"Barselona" klubi qishki transferlar oynasida katta o‘sishga umid qila olmaydi. Bu haqda "Fotball Espana" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, rahbariyat qishda xaridlar uchun 16 million evro ajratadi. "Ko‘k-anorranglilar" sotib olishi uchun asosiy nomzod Edinson Kavani hisoblanadi.
"Barselona"ning ayni damda moliyaviy ahvoli yaqin vaqtlar ichida katta transferlarni amalga oshirishga halaqit berishi mumkin.
Avvalroq, kataloniyaliklar "Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo va "Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalayotgandi.
Fikrlar