“Barsa” Dembeledan o‘chini oladi

  • 18.01.2022 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati yangi shartnomaga ko‘nmagan va yozgacha jamoada qolib, yanvarda o‘zini sotib yuborishlariga yo‘l qo‘ymayotgan Usmon Dembeleni o‘ziga xos tarzda jazolashga qaror qildi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, mutasaddilari birinchi navbatda futbolchini yanvar oyi ichida sotib yuborib, g‘aznaga ma’lum miqdorda pul tushirishga qaror qiladi. Agar frantsiyalik futbolchi xaridor jamoaga o‘tishdan bosh tortadigan bo‘lsa, u bilan shatnoma bekor qilinadi.

Har ikki usul ish bermagan taqdirda klub rahbarlari Xaviga Dembeleni mavsumning oxirigacha o‘yinlarga jalb qilmaslik haqida topshiriq bermoqchi.

Tabiiyki, har qanday yulduz ham uzoq vaqt maydonga tushmaganidan keyin o‘yini sifatiga jiddiy putur etardi. Joriy yilning oxirida Qatarda jahon chempionati borligini inobatga olsak, Dembelega ancha qiyin bo‘ladigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!