
“Barsa” direktori muddatidan oldin ishdan bo‘shadi. Unda supertaklif bor
“Barselona”da texnik direktor lavozimida ishlagan Ramon Planes shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, ishdan bo‘shadi.
Bu mutaxassis uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. Uni “Nyukasl” rahbariyati o‘z tarkibiga jalb qilmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, inglizlar 54 yoshli mutaxassis bilan aloqa o‘rnatgan va uni ishga taklif etgan.
Bundan tashqari, “Nyukasl”oldida Maykl Emenalo nomzodi ham bor. Bu mutaxassis “Chelsi”dagi ishlari bilan nom qozongan.
Ramon Planes uchun ham Angliya premer-ligasi begona emas. U 2014-2015 yillar davomida “Tottenxem”da faoliyat ko‘rsatgan va Angliya futboli ikir-chikirlarini juda yaxshi biladi. Ramon 2018 yilda “Barselona”ga kelgunga qadar “Espanol”, “Elche”, “Rayo Valekano” va “Xetafe”da faoliyat ko‘rsatgan.
Fikrlar