“Barsa” etti futbolchidan voz kechdi

  • 9 iyun, 2021, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida etti nafar futbolchini sotib yuboradi. Klub rahbariyati shu yo‘l bilan maoshlarga ketayotgan xarajatlarni pasaytiradi va bo‘lajak transferlarga mablag‘ tejab qoladi.

Xususan, jamoani tark etishi kerak bo‘lgan klub tarbiyalanuvchisi Karles Alenyaga hozirdan “Vulverxempton” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Barsa” 23 yoshli yarim himoyachini 8 million evroga qo‘yib yuboradi.

Martin Breytueytning o‘zi “Barsa”ga foyda keltirishiga ishonayotgan bo‘lsa-da, rahbariyat daniyalik hujumchini Evropa chempionatidan so‘ng, yaxshiroq narxga sotib yubormoqchi.

Xunior Firpoga “Inter” va “Milan” xaridor. Futbolchining o‘zi ham o‘sishga erishi uchun Italiya yoki Angliya chempionatiga o‘tishni o‘ylamoqda.

“Kamp Nou”ni tark etishi kutilayotganlar ro‘yxatida Miralem Pyanich, Filippe Koutino, Samuel Umtiti va Mateus Fernandes nomlari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!