“Barsa” futbolchidan voz kechdi, u Angliyaga ketmoqchi

  • 21.07.2024 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” mutasaddilari yangi mavsumda Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmasligini mumkin bo‘lgan ayrim o‘yinchilardan qutilmoqchi.

Xususan, 27 yoshli qanot hujumchisi Rafinya ham sotib yuboriladi. Sport.es sayti braziliyalik o‘yinchining transferi klubga 50 million evroga yaqin summa olib kelishi kutilayotganini yozdi.

Rafinyaning o‘zi Angliya Pemer-ligasiga qaytmoqchi. U “Barsellna”ga kelgunga qadar 2020-2022 yillar davomida “Lids” safida to‘p tepgan.

Bu futbolchiga klub rahbariyati Niko Uilyamsni oliga harakat qilayotgani yoqmayapti. Chunki bu o‘yinchi kelishi bilan Rafinya tarkibdagi joyini yo‘qotadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!