“Barsa” futbolchilari Kumandan nega norozi?

  • 10.12.2020 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” futbolchilari Ronald Kuman qo‘llayotgan taktik sxema umuman yoqmayapti. Niderlandiyalik murabbiy o‘yinlarda 4-2-3-1 sxemasidan foydalanmoqda. Bu usul “Barselona” o‘yinchilariga to‘g‘ri kelmayapti.

Kumanning taktikasida amalda to‘rt futbolchi hujumda ishtirok etyapti va yana to‘rttasi himoyada o‘ynayapti. O‘rtada ikki kishi qolib ketmoqda. Bu taktika na himoyaviy, na hujumkor ekani aytilmoqda.

Futbolchilar Kumandan 4-3-3 sxemasiga qaytib, hujumkor futbol namoyish etishni so‘rayapti. Lekin qaysar murabbiy o‘z bilganidan qaytmayapti. Biroq, uning taktikasi “Barsa” futbolchilariga mos tushmayotgani natijalardan ham bilinib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!