
“Barsa” futbolchilari “Real”dan o‘zib ketishga ishonmoqda
“Barselona” yarim himoyachisi Pedri jamoadoshlari mavsum oxirida amaldagi chempion “Real”dan o‘zib ketishni uddalashiga ishonch bildirdi.
- Biz “Real”ni ortda qoldirib, La Ligada g‘olib chiqa olamiz. O‘tgan mavsumda biz ularni oddiy tarkib bilan enggan edi. Bu gal tarkibimiz ancha kuchaytirilgan. “Real”ni mag‘lub etishimizga ishonaman, - dedi Pedri.
O‘tgan mavsumda “Real” Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan va kataloniyaliklardan 13 ochkoga ilgarilab ketgan edi. Shuningdek, Karlo Anchelotti shogirdlari Evropa Chempionlar ligasida ham bosh sovrin sohibi bo‘lgan.
“Real” joriy chempionatda ham 31 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Barselona” esa, faqat “Qirollik klubi”dan mag‘lubiyatga uchragan holda peshqadamdan uch ochko orta qolyapti.
Fikrlar