“Barsa” futbolchini transferga qo‘ydi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xavi Ernandes tarkibni tozalash ishlarini ham davom ettirmoqda.
Bosh murabbiy talabi bilan klub rahbariyati markaziy himoyachi Erik Gersiyani ham transferga qo‘ydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, istalgan klub 22 yoshli futbolchini 10 million evro evaziga transfer qilishi mumkin.
Ispaniyalik himoyachi kataloniyaliklar safiga ikki yil muqaddam “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar