
“Barsa” futbolchisi jamoaga “Real” yulduzini chorlayapti
“Barselona” himoyachisi Jordi Alba jamoasining Ispaniya chempionatida g‘olib chiqish imkoniyatlari va ashaddiy raqib “Real”dan qaysi futbolchini Kataloniyada ko‘rishni istashi haqida fikr bildirdi.
- La Ligada chempionlik poygasini yutish juda qiyin. “Real” yaxshi jamoa. Ular juda kam o‘yinni boy berdi. “Barselona”ning hozirgi muhiti va darajasi chempionlik uchun kurashish imkonini beradi. Ishtiqimiz baland va katta hajmdagi ishlarni uddalab kelyapmiz.
“Real”da juda zo‘r o‘yinchilar bor. Menga Luka Modrichning maydondagi harakatlari yoqadi. Lekin bizning yarim himoyachilar ham qolishmaydi, yoshlar esa o‘sib bormoqda, - dedi Jordi Alba.
Fikrlar