"Barsa" futbolchisi Rossiyaga ketishni xohlamayapti

  • 02.09.2021 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich hali ham “Barsa”ni tark etishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ayni damda bosniyalik futbolchiga 3 ta klubdan takliflar bor.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, birinchi taklif "Zenit"dan bo‘lgan. Piterliklar Ispaniyada transfer oynasi yopilishidan oldin bu borada “Barsa” bilan aloqaga chiqgan.

Rossiya chempioni Pyanichni ijaraga olishni xohlagan va futbolchi maoshining katta qismini to‘lashga ham rozi bo‘lgan, biroq Miralem bu taklifni rad etgan. Ammo “Zenit”ning bu boradagi qiziqishi hali ham so‘ngani yo‘q.

Ikkinchi taklif esa nomi sir tutilayotgan arab klubidan bo‘lgan. Pyanich hozirda bu taklifni o‘ylab ko‘rmoqda.

Uchinchi taklif - "Barsa"da yana bir mavsum qolish. Agar shunday bo‘lsa, Pyanich maoshining kamayishiga ham rozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!