"Barsa" futbolchisining jarohati qanchalik jiddiy?

  • 9 sentabr, 2022, 08:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" shifokorlari himoyachi Serxi Roberto jiddiy jarohat olmaganini ma’lum qildi.

30 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi Chexiyaning “Viktoriya” Plzen klubiga qarshi o‘yinning tanaffusida almashtirildi. “Sport” nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalikning jarohati haqidagi taxminlar o‘z tasdig‘ini topmagan: "Barselona" tibbiyot xodimlari tibbiy ko‘rik davomida Roberto jiddiy jarohat olmagani ma’lum bo‘ldi.

Futbolchi Chempionlar ligasining navbatdagi turi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o‘yinda optimal holatda bo‘lish uchun La Liganing 5-turidagi "Kadis"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!