"Barsa" himoyachisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Italiyaning "Napoli" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitiga qiziqish bildirmoqda.

Neapol klubi jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Kalidu Kulibali o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda va frantsiyalik himoyachi italiyaliklarning kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olgan.

"Napoli" rahbariyati Kataloniya klubi bilan bu borada muzokara ham o‘tkazib bo‘lgan, ammo Umtitining o‘zi jamoasini tark etish niyatida emasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!