“Barsa” katta transferdan voz kechdi!
“Barselona” rahbariyati bosh murabbiy Xavi Ernandes jiddiy qiziqish bildirayotgan markaziy himoyachi Matteys de Ligt transferidan voz kechishga qaror qildi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, bunga “Yuventus” transfer uchun juda katta summa talab qilayotgani sabab bo‘lgan.
Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar niderlandiyalik himoyachini qo‘yib yuborish uchun 100 million evro so‘ragan. Kataloniyaliklar buni narx sun’iy ravishda oshirilgan, deb baholadi va Matteys variantidan voz kechdi.
Bundan tashqari, de Ligtning o‘z xizmatlari uchun katta maosh talab qilishi ham kataloniyaliklarning ichki siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi. Klub hozir deyarli barcha o‘yinchilaridan maoshni pasaytirishga ko‘nishni talab qilyapti.
22 yoshli Matteys de Ligt o‘tgan mavsumda 42 marta maydona tushib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi va bitta assist muallifi bo‘ldi.



Fikrlar