"Barsa" ketma-ket 4-"klassiko"da yutqazdi. "Real" tarixiy natija tomon ketmoqda

  • 24 oktabr, 2021, 22:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida "Barselona" va "Real" Madrid o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Unda "qaymoqranglilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bu "qirollik klubi"ning ashaddiy raqibi ustidan qozongan ketma-ket 4-g‘alabasi sifatida qayd etildi. So‘nggi bor kataloniyaliklar 2019 yilning 3 mart sanasida zafar quchgan edi. O‘sha yilning dekabrida tomonlar durangga imzo chekkan.

Bu natija "Real" uchun 1965 yildan beri eng uzoq seriya hisoblanadi. Bundan oldin madridliklar printsipial raqibi ustidan 1962-1965 yillar oralig‘ida ketma-ket 7 marta g‘alaba qozongandi. Tomonlar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 2022 yilning 20 mart sanasida o‘tkaziladi.

image_2021-10-24_21-55-13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!