“Barsa” ko‘p gol urayotgan hujumchiga xaridor

  • 31 mart, 2021, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari klubga olib kelinishi mumkin bo‘lgan hujumchilar ro‘yxatiga “Ayntraxt” vakili Andre Silvani ham kiritdi.

Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi Bundesligada 24 ta uchrashuvda 21 ta gol urdi va uchta golli pas uzatdi. Uning to‘purarlik mahorati ayni paytda qator klublarni o‘ziga jalb qilmoqda. Xususan, “Manchester Yunayted” ham Silvani Angliya chempionatiga taklif etishga tayyor.

Qolaversa, Silva uchun kurashda manchesterliklarning imkoniyati yuqori hisoblanadi. Chunki, “Barselona” 25 yoshli o‘yinchi uchun 20 million evrodan ko‘p pul tika olmaydi. Kuchli beshlik chempionatlarida 20 tadan ko‘p gol urgan futbolchining narxi esa, ancha baland baholanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!