“Barsa” Levandovski bilan erta xayrlashishi mumkin

  • 6 dekabr, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshalik forvard Robert Levandovski shartnomasi tugamay turib, “Barselona”ni tark etadigan bo‘lyapti.

Tecno

Sport nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchining shartnomasida agar u 2024-2025 yilgi mavsumda o‘yinlarning 55 foizida qatnashmasa, klub hujumchi bilan kelishuvni bir tomonlama bekor qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Aslida Levandovski Kataloniyada 2026 yilning 30 iyunigacha qolishi belgilangan.

Kataloniyaliklar Robertni 2022 yilning yozida 45 million evro evaziga “Bavariya”dan transfer qilgan edi.

Hujumchi joriy mavsumda kutilgan darajada ko‘p gol ura olmayapti. U hozirga qadar barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda sakkizta gol va to‘rtta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhom Reymbaeev
06/12/2023 12:12
Ketganı yaxşi örniga yoşroq kımnıdır oliş kerak