
“Barsa” Levandovski bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Barselona” rahbariyati jamoanin 36 yoshli hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgani haqida xabar tarqatildi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari polshalik forvardning o‘yini va samaradorligidan hayratga tushmoqda.
Uning joriy mavsumdagi isht irokidan kelib chiqib, amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha avtomatik tarzda uzaytiriladigan bo‘ldi.
Robert Leandovski ayni paytda kataloniyaliklarning eng zo‘r to‘purari bo‘lib turibdi. U mavsum boshidan beri barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.
Fikrlar