
“Barsa” Levandovski va Fati o‘rnini bittada bosadigan hujumchi olib keladi
“Barselona” mutasaddilari “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshfordni qo‘lga kiritish uchun Evropa klublari bilan raqobatlashishga tayyor.
Sport.es nashrining yozishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli hujumchini olishga harakat qilayotgani bir necha sabablarga bog‘liq.
Birinchidan, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Reshfordning bir birga o‘ynash mahoratini yuksak baholamoqda va kataloniyaliklarga raqib o‘yinchilarini yakkama-yakka to‘qnashuvda aldab o‘tadigan chap qanot hujumchisiga ehtiyoji borligini ta’kidlamoqda.
Ikkinchidan, jamoada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Ansu Fati tez orada Kataloniyadan ketadi va uning o‘rnini klub Reshford yordamida to‘ldirib, hujumkorlik salohiyatini oshirmoqchi.
Uchinchidan, kataloniyaliklar angliyalik hujumchining universalligini alohida qadrlamoqda va Markus kerak pallada markaziy forvard vazifasini bajarib, Robert Levandovskining o‘rnini bosishi mumkin.
Fikrlar