"Barsa" Levandovskiga o‘rinbosar sifatida A Seriyaning to‘purarini jalb qilmoqchi

  • 22 aprel, 15:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning mashhur klubi "Barselona" tajribali hujumchi Robert Levandovskiga munosib voris izlashni boshladi. "Tuttosport" nashrining xabar berishicha, 36 yoshli futbolchining o‘rnini to‘ldiradigan asosiy nomzod sifatida hozirda "Fiorentina" safida to‘p surayotgan Moyze Kin ko‘rilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda "blaugrana" Kinning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda va uni o‘z tarkibiga qo‘shishga jiddiy e’tibor qaratgan.

Ayni paytda, italiyalik hujumchi A Seriyada 17 ta gol kiritib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina "Atalanta" forvardi Mateo Retegidan (23 gol) orqada qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Moyze Kin avvalroq "Yuventus" safida harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!