
“Barsa” mashhur yulduz bilan kelishuvga erishdi
“Liverpul”dan ketishga qaror qilgan braziliyalik hujumchi Roberto Firmino faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Yozda erkin agentga aylanadigan 31 yoshli futbolchi bir necha takliflar orasidan “Barselona” variantini tanladi. Bu haqda MailSport nashri xabar tarqatdi.
Firmino liverpulliklar safida 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bu o‘yinchi jamoadoshlari Muhammad Saloh va Sadio Mane bilan birga hujum uchligini tashkil qilib, Yurgen Klopp jamoasining ko‘plab muvaffaqiyatlarini ta’minlagan.
Firmino jami 352 ta uchrashuvda maydonga tushib, 107 ta gol va 78 ta assist qayd etdi. “Liverpul” safida 2019 yili Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi va keyingi mavsumda Angliya chempioni bo‘ldi. Jami ettita sovringa ega chiqdi.
Fikrlar