“Barsa” maydonni ko‘zda yosh bilan tark etgan Ansu Fati ahvoli haqida ma’lumot berdi

  • 21 yanvar, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi nimchorak finalida “Atletik” bilan bo‘lgan uchrashuvda “Barselona” hujumchisi Ansu Fati zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi.

Tecno

Yaqinda og‘ir jarohatdan qutilgan yosh futbolchi yana shikastlandi va maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi.

- Ansu Fati chap son mushagidan shikastlandi. Endi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng jarohat darajasi aniq bo‘ladi, - deb bayonot berda “Barselona” klubi.

Xabaringiz bor, “Barselona”ning kelajagi sifatida qaralayotgan Ansu Fatu 2020 yilning noyabrida “Betis”ga qarshi uchrashuvda tizzasidan og‘ir jarohat olib, qariyb bir yil davolangan edi.

Iste’dodli futbolchi yozda Evropa chempionatida ham ishtirok eta olmagan va o‘tgan yilning sentyabrida safga qaytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!