
“Barsa” Messining qaytishiga ishonmayapti
“Barselona” dushanba kuni yangi bosh murabbiy Ronald Kuman boshchiligida dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Biroq, klub mutasaddilari jamoadan ketish istagini bildirgan Lionel Messi yakshanba kuni jamoa ixtiyoriga etib kelishiga ishonmayapti.
Lekin futbolchining o‘zi klub bilan mojaroga bormaslikka harakat qilmoqda. Chunki bu ketishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Leoning o‘zi jarimaga tortilmaslik va qo‘shimcha sanktsiyalarga sabab bo‘lmaslik uchun yakshanba kuni koronavirusga test topshirib, dushanbadan mashg‘ulotga kirishishini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar