"Barsa" muxlislari uchun ayanchli xabar! Pedri Ispaniya superkubogida qatnasha olmaydi

  • 27 dekabr, 2023, 11:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohati tufayli Ispaniya superkubogida jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning safga qaytish vaqti yanvar oyi oxirlariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Ispaniyalik futbolchi o‘tgan hafta mashg‘ulotlar paytida mushaklarini shikastlab olgandi. Dastlab, u 2-3 hafta maydonga tusha olmasligi aytib o‘tilgandi. Biroq "El Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, jarohat kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqqan. 

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" superkubok yarim finalida "Osasuna"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!