“Barsa”ning sobiq rahbari: Figu – xoin, Peres esa nomard
“Barselona”ning sobiq prezidenti Joan Gaspar portugaliyalik futbol yulduzi Luish Figuning 2000 yili “Real”ga o‘tib ketishi bilan bog‘liq mojaroni yana bir bor tilga oldi.
- Luish xoin. Men prezident bo‘lib saylanganimda, u menga qo‘ng‘iroq qilib, ikkita chiptasi borligini, biri Madridga, ikkinchisi Barselonaga ekanini aytgandi. Bu Florentino Peresning nomardlarcha qo‘llagan iflos o‘yini edi”, - deydi Joan Gaspar.
“Barselona” muxlislari Luish Figuning 37 million evro evaziga “Real”ga o‘tib ketganini hamon hazm qilolmaydi. Portugaliyalik yarim himoyachi madridliklar safida 139 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan.

Fikrlar