"Barsa"ning raqibiga oʻyinchi yetishmadi va uchrashuv bekor boʻldi
«Barselona» 3 avgust, yakshanba kuniga belgilangan «Preston Nort End»ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini bekor qildi. Shu bilan kataloniyaliklar Angliyadagi mavsumoldi nazorat oʻyinlari seriyasiga yakun yasadi. Bu haqida Sport.es xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, uchrashuv bekor qilinishiga asosiy sabab sifatida «Preston» tarkibida yetakchi futbolchilar yetarli emasligi koʻrsatilgan.
Angliya klubi oʻrniga yoshlar jamoasi futbolchilariga qarshi oʻyin tashkil etishni taklif qilgan, ammo «Barselona» bu variantni maʼqul koʻrmadi va oʻrniga toʻliq qiymatli mashgʻulot oʻtkazishni afzal bildi.
Qayd etilishicha, kelasi hafta «Preston Nort End»ni «Xaddersfild»ga qarshi kubok uchrashuvi kutmoqda. Shu bois klub asosiy tarkib futbolchilarini jarohatdan asrash va ortiqcha xavfga qoʻymaslikka qaror qilgan.

Fikrlar