"Barsa" oʻz futbolchisiga juda katta narx qoʻydi
«Barselona» himoyachi Jül Kunde uchun 80 million yevro miqdorida transfer narxini belgiladi. Bu haqida ElNacional.cat nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» Kunde transferi variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. London klubi bu qarorni Malo Gyusto «Manchester Siti»ga o‘tishi yakunlangandan so‘ng qabul qilishi mumkin.
Shu bilan birga, «Barselona» ushbu yozda Kunde uchun belgilangan summadan kamroq takliflarni muhokama qilish niyatida emas.
Fransiya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan Kundening kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali himoyachini 60 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda u La Ligada 30 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Jül Kunde 2022 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda, ungacha esa «Sevilya» tarkibida to‘p surgan.

Fikrlar