“Barsa” orzusidagi to‘purarni topdi

  • 19.05.2021 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Lionel Messidan tashqari yana bir ko‘p gol ura oladigan hujumchi olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Yaqinda jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman Messi boshqa shogirdlari ko‘p gol ura  olmayotganini ta’kidlagan edi. Shu sababdan, kataloniyaliklar “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni Kataloniyaga ko‘chirib olib kelmoqchi. Ispaniyalik mutasaddilar futbolchining agenti bilan bog‘lanib, transferni muhokama qildi.  

London klubi rahbari Daniel Levi jamoa to‘purarining transferini 150 million funtga baholamoqda. Bu “Barselona”ga qimmatlik qiladi. Bundan tashqari, Keynning o‘zi Angliyada qolmoqchi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, u “Manchester Siti” safiga qo‘shilishni istamoqda.

27 yoshli hujumchi joriy mavsumda  Angliya premer-ligasida 33 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!