
“Barsa” o‘yinchi so‘rab, “Liverpul”ga taklif yubordi
“Barselona” rahbariyati og‘ir jarohat olib, taxminan bir yilga safdan chiqqan Mark Bernal o‘rnini to‘ldirishga qaror qildi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yozgi transfer oynasi yopilgunicha yarim himoyada o‘ynaydigan futbolchini olib kelmoqchi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” mutasaddilariga “Liverpul” vakili Stefan Baychetichning nomzodi ma’qul kelgan. Kataloniyaliklar 19 yoshli o‘yinchini transfer qilish huquqisiz bir mavsumga ijaraga olish uchun liverpulliklarga 4 million evro taklif qilgan.
Kelib chiqishi serbiyalik bo‘lgan Baychetich Ispaniya fuqarosi ham hisoblanadi. Futboldagi dastlabki qadamini “Selta”da tashlagan. Keyin “Liverpul” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan.
Stefan maydan markazi va himoya chizig‘idan o‘ynay oladigan universal futbolchilardan hisoblanadi. “Liverpul” hali kataloniyaliklar taklifiga javob qaytargani yo‘q.
Fikrlar