
Gvardiola “Barsa”dan o‘yinchi tanladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining himoya chizig‘iga yangi o‘yinchi olib kelish borasida bosh qotiryapti.
Ispaniyalik mutaxassis Angliyaga “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsini mo‘ljallayapti.
Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” ustozi 17 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelayotgan ekan.
Pau Kubarsi asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanmaydi. Biroq uning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi transferga xalaqit qilishi mumkin.
Kubarsi bu mavsum yaqinda kataloniyaliklar safida ikkinchi marta maydonga tushdi. Pau Ispaniya kubogi doirasida “Unionistas” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahsda jamoadoshiga golli pas ham uzatdi.
Fikrlar