“Barsa” prezidenti Messiga xushxabar yubordi

  • 13.11.2022 16:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Uni kutayotgan jamoalar orasida uni tarbiyalgan “Barselona” ham bor.

Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta Messi haqidagi savolga javob berdi.

- 2023 yili Messining “Barselona”ga qaytishi haqida so‘rashmoqda. Leo “Barselona”ning eshigi u uchun hamisha ochiq ekanini yaxshi biladi, - dedi Joan Laporta.

35 yoshli argentinalik futbolchi ayni paytda bor e’tiborini Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga qaratgan. Mundial chempionligi – Messi hali qo‘lga kiritmagan yagona sovrin hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!