
"Barsa" Pyanichdan tezroq qutulmoqchi, Miralem maoshining kamayishini xohlamayapti
"Barselona" yarim himoyachi Miralem Pyanichning taqdirini uning yuqori maoshi bilan hal qilishga urinmoqda.
“Ko‘k-anor ranglilar” yaqinda 31 yoshli futbolchining ketishini tezlashtirish maqsadida unga ultimatum qo‘ydi.
Diario Sport tarqatgan xabarga qaraganda, "Barsa" bosniyalik futbolchi masalasida "Yuventus", "Inter" va "Roma" klublaridan taklif olgan. A Seriya klublarining barchasi Pyanichni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Ammo ushbu klublardan biriga o‘tish uchun futbolchi maoshining kamayishiga rozi bo‘lishi kerak. "Barcelona" bu masalani kelasi haftadan kechiktirmasdan hal qilishga umid qilmoqda.
Pyanich o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar