"Barsa" qidirgan futbolchisini Portugaliyadan topdi

  • 23.08.2026 16:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rahbariyati bu yozgi transfer oynasida Lissabonning «Sporting» klubi va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Gonsalu Inasiuni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda.

Mundo Deportivo nashri xabariga koʻra, kataloniyaliklar 24 yoshli portugalialik futbolchini transfer qilish variantlarini koʻrib chiqmoqda. Inasiuning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasida 60 million yevro miqdorida toʻlov majburiyati (klausula) belgilangan. 

Himoyachining lissabon klubi bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi. Maʼlumot uchun, «Barselona» skautlari Inasiu oʻyinlarini bir necha mavsumdan beri kuzatib kelmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Gonsalu Inasiu Portugaliya chempionati doirasida «Sporting» tarkibida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!