“Barsa” sardori Levandovskining transferi haqida gapirdi

  • 19 iyul, 2022, 11:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets hujumchi Robert Levandovskining transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Matbuot fikriga ko‘ra, Levandovski mavsum transferi bo‘ldi. Lekin bu hozircha hech narsani anglatmaydi. Chempionat boshlanishidan oldin biror taxmin bildirib bo‘lmaydi. Bugun ertalab Robert bilan gaplashdim. U jamoaga katta ishtiyoq bilan qo‘shilganini aytdi. Biz unga yordam berishga harakat qilamiz. Tarkibga jahon darajasidagi futbolchilar kelayotganidan juda xursandman. Futbol gollardan iborat va umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz La Ligada kuchli raqobat o‘rnatishni va chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlaymiz”, - deya Busketsning so‘zlarini keltiradi “Marca” nashri.

16 iyul kuni "Barselona" "Bavariya" bilan Levandovskini transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Hujumchi va kataloniyaliklar o‘rtasidagi bitim yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilga qadar amal qiladi.

"Bavariya"dagi 8 mavsum davomida Levandovski 375 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 344 gol va 72 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!