“Barsa” superfutbolchi uchun to‘rt mamlakat grandi bilan raqobatlashadi
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent maqomini oladi.
Manchesterliklar yulduziga uzoq vaqtdan beri “Barselona” qiziqish bildirib kelmoqda, ammo kataloniyaliklar boshqa kuchli Yevropa klublari bilan raqobatga duch keladi.
Insayder Nikolo Skira ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini “Yuventus”, “Galatasaroy” va “Benfika” ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionati klublari ham bu kurashda ishtirok etmoqda.
Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti”da o‘ynab kelmoqda va klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirda g‘olib chiqqan.
Joriy mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi Pep Gvardiola jamoasi safida 43 o‘yinda 3 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Fikrlar