“Barsa” supertransferni amalga oshiradi

  • 27.01.2022 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida qo‘lga kiritish rejalashtirilgan asosiy nishonni belgiladi.

Kataloniyaliklar mavsum yakunlanishi bilan birinchi navbatda “Borussiya”dan Erling Xolandni olishni mo‘ljallayapti. Norvegiyalik hujumchining o‘zi ko‘p jamoalardan taklif bo‘layotganiga qaramay, Ispaniya chempionatida to‘p tepishni istamoqda. Bundan tashqari, 21 yoshli to‘purar Kilian Mbappe bilan bir jamoada o‘ynamaslikka harakat qilishini ham bildirgan. U o‘zi boradigan jamoada asosiy yulduz bo‘lmoqchi.

Demak, “Real” Kilian Mbappe transferini deyarli hal qilib qo‘yganini inobatga olsak, Xoland “Barselona”ni tanlashi haqiqatga yaqinroq.

Xavi Ernandes yozda Erling Xolanddan tashqari”Milan”dan Frank Kessie, “Borussiya M”dan Denis Zakariya, “Chelsi”dan Sesar Aspilikueta, “Valensiya”dan Xose Luis Gayya va “Bavariya”dan Niklas Zyuleni o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti.

Asosiy nishon – Erling Xolandning transferining o‘ziga “Barselona” kamida 150 million evro atrofida pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!