"Barsa" va PSJ o‘rtasidagi munosabatlar buzildi

  • 31 iyul, 2023, 19:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Dembeleni imkon qadar bugun o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Jurnalist Mateo Morettoning xabar berishicha, shartnoma bugun imzolanmay qolsa ham parijliklar u uchun oxirigacha kurashadi. 

Bilasiz, Usmonning tovon puli 1 avgust kunidan boshlab 100 million evroga ko‘tariladi. Hozircha tomonlar muzokaralar o‘tkazmagan. Sababi ikki klub o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. 

Qayd etish lozim, Dembele bugun "Barsa"ni tark etgan taqdirda, klub ushbu transferdan 25 million evro ishlab topadi. Qolgan 25 million evro esa futbolchi va uning agentiga tegishli. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!